07:27 / 14.03.2020
4 655

O‘zbekiston uchta davlat bilan aviaqatnovlarni to‘xtatdi, 6 ta davlat fuqarolarining kirishi taqiqlandi

O‘zbekiston uchta davlat bilan aviaqatnovlarni to‘xtatdi, 6 ta davlat fuqarolarining kirishi taqiqlandi
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
O‘zbekistonga koronavirus kirishining oldini olish hamda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash maqsadida 14 martdan O‘zbekiston bilan Fransiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya o‘rtasidagi barcha aviaqatnovlar to‘xtatiladi.

Xitoy, Koreya Respublikasi, Italiya, Eron, Fransiya va Ispaniya fuqarolari va ushbu davlatlarda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston hududiga barcha turdagi chegara o‘tkazish punktlari orqali kirib kelishi vaqtincha to‘xtatiladi.

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi yig‘ilishida shunday qarorga kelindi, deb xabar berdi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.

Unga ko‘ra, cheklovlar quyidagi shaxslarga taalluqli emas:
- diplomatik va xizmat pasporti egalari;
- cheklov o‘rnatilgan mamlakatlar fuqarolari va ushbu davlatlarda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston hududiga kirib kelishidan oldin oxirgi 14 kun ichida cheklov o‘rnatilgan mamlakatlarda bo‘lmagan bo‘lsa.

Ta’kidlash joizki, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rasmiy saytida JSST rahbari A.Tedros 2020 yilning 11 mart kuni ushbu kasallikni dunyo bo‘ylab shiddat bilan tarqalayotgani, kasallikning yuqishini inobatga olgan holda dunyo bo‘yicha “pandemiya” holati ekanligi e’lon qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston uchta davlat bilan aviaqatnovlarni to‘xtatdi, 6 ta davlat fuqarolarining kirishi taqiqlandi