Toshkentda avtobus yo‘laklari deliniatorlar bilan ajratilmoqda

Toshkentda jamoat transporti uchun ajratilgan «A» toifasidagi maxsus yo‘laklarni tartibga keltirishning yangi bosqichi boshlandi. Hozirda Furqat ko‘chasidagi Magic City majmuasidan Islom Karimov ko‘chasidagi Xalqlar do‘stligi saroyigacha bo‘lgan qismida deliniatorlar o‘rnatilmoqda.
Bu jismoniy to‘siqlar avtobus yo‘lagini umumiy transport oqimidan ajratib turadi. Asosiy maqsad yengil avtomobillarning maxsus yo‘lakka chiqishini cheklash, avtobuslar harakatini tezlashtirish va qatnov jadvalining barqaror ishlashini ta’minlashdan iborat.
Loyiha dastlab poytaxtning markaziy ko‘chalarida amalga oshirilmoqda. Keyinchalik bunday yo‘laklar boshqa hududlarda ham bosqichma-bosqich tashkil etiladi.
Rejaga ko‘ra, 2026 yil davomida Toshkentning 30 dan ortiq ko‘chasida «A» belgili maxsus yo‘laklar chiziladi va ularga jismoniy ajratgichlar o‘rnatiladi. Bu chora avtobuslarning tirbandlikda qolib ketishini kamaytirish va jamoat transporti harakatini muntazamlashtirishga qaratilgan.































Izohlar 0
…