Mamlakat yo‘llaridagi mashinalar soni 5 millionga yetmoqda

Milliy statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil 1 aprel holatida O'zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari soni 4 million 903,1 mingtani tashkil etib, 5 millionlik marraga yaqinlashdi. Bu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga nisbatan 344,6 mingtaga ko'pdir. Aholi mulkidagi transport vositalari orasida 4 million 552,3 mingta yengil avtomobil yetakchilik qilmoqda.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil 1 aprel holatida O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli 4 million 903,1 mingta avtotransport vositasi ro‘yxatga olingan.
Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 344,6 mingtaga ko‘p. Shu tariqa, mamlakatda shaxsiy transportlar soni 5 millionlik marraga yaqinlashdi.
Aholi mulkidagi transport vositalari orasida yengil avtomobillar yetakchilik qilmoqda. Ularning soni 4 million 552,3 mingtani tashkil etgan.
Shuningdek, jismoniy shaxslarga tegishli 330,3 mingta yuk avtomobili, 7,5 mingta mikroavtobus, 7,2 mingta maxsus transport vositasi va 5,8 mingta avtobus ro‘yxatdan o‘tgan.































Izohlar 0
…