21 iyun: eng uzun kun va eng qisqa tun

Bugun, 21 iyun kuni Shimoliy yarimsharda yilning eng uzun kuni kuzatiladi. Bu hodisa astronomiyada yozgi quyosh turishi deb ataladi. Aynan shu kunda Quyosh osmonda eng uzoq vaqt davomida ko‘rinib turadi, natijada kun maksimal darajada uzayadi, tun esa yil davomida eng qisqa bo‘ladi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu hodisa Yerning Quyosh atrofida aylanishi va uning o‘z o‘qiga taxminan 23,5 daraja og‘gan holda joylashgani bilan bog‘liq. Shu sababli yil davomida Quyosh nurlari Yerga turlicha burchak ostida tushadi va fasllar almashadi.
Qiziq jihati shundaki, ayni paytda Janubiy yarimsharda buning mutlaqo aksi kuzatiladi. U yerda kun eng qisqa, tun esa eng uzun bo‘lib, qish mavsumi rasman boshlanadi.
Astronomlarning aytishicha, yozgi quyosh turishi har yili 20–22 iyun oralig‘ida sodir bo‘ladi va bu sana tabiatdagi ko‘plab jarayonlarga, jumladan, iqlim va biologik ritmlarga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Shundan so‘ng esa kunlar asta-sekin qisqarib boradi va kuzgi tengkunlikka qadar davom etadi.






























Izohlar 0
…