Eski avtomobil egalariga ogohlantirish: 30 barobar to‘lov joriy etiladi

Eski avtomobil egalariga ogohlantirish: 30 barobar to‘lov joriy etiladi

O‘zbekistonda 2026 yildan boshlab ishlab chiqarilganiga 30 yil va undan oshgan avtomobillarni bozor qiymati asosida sotib olish hamda utilizatsiya qilish tizimi joriy etiladi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish agentligi ma’lum qildi.

Yangi tartibga ko‘ra, eski transport vositalari egalariga ikki xil imkoniyat taklif qilinadi: yangi avtomobil uchun boshlang‘ich to‘lov sifatida elektron vaucher berish yoki ushbu mablag‘ni naqd pul ko‘rinishida taqdim etish.

Fuqarolar vaucher orqali O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yangi avtomobillarni imtiyozli shartlarda xarid qilishi mumkin. Bunda mablag‘ chegirma sifatida hisoblanib, qolgan to‘lovni bir yildan ortiq muddatga bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi.

Shu bilan birga, eski avtomobillarini o‘z vaqtida utilizatsiyaga topshirmagan shaxslarga nisbatan ham chora ko‘riladi. Ular har yili bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdorida ekologik kompensatsiya to‘lashi kerak bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, hozirda Toshkent shahrining o‘zida har kuni qariyb 600 mingta transport vositasi harakatlanadi. Bunday amaliyot Fransiya, Germaniya, Xitoy va AQSH kabi 60 dan ortiq davlatlarda ham qo‘llanilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar