
Prezident Shavkat Mirziyoev mahalla tizimidagi yangilanishlar haqida ham ma'lum qildi.
Xususan, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi sifatida qayta tashkil etildi. Unga rahbarlik qilish Prezident maslahatchisi Tursinxon Aydarovich Xudaybergenovga yuklatildi.
«Farzandlarimiz tarbiyasida nuroniylarimizning bilimlari va hayotiy tajribasidan keng foydalanishimiz zarur», dedi Prezident.
Shu bois, «Nuroniy» jamgʻarmasi rahbari Sodiqjon Turdiev vazirning birinchi oʻrinbosari boʻladi.
Endi mahalla tizimida ham mutlaqo yangi tizim yaratiladi. Joylarda bu vazifa bevosita hokimlarning zimmasiga yuklatiladi, hokim oʻrinbosari lavozimi qisqartiriladi.
Mahalla raisi oʻz hududida hokim yordamchisi, yoshlar etakchisi va xotin-qizlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va mahallada oʻzaro hamjihatlikda ishlashni ta'minlaydi.
Shuningdek, Prezident Xalq qabulxonalarining vazifalari ham endi shahar va tumandan mahallaga tushadi, mahallabay fuqarolarni qabul qilib, ularning masalalari echimiga yordam beradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar