Senator pedofillar uchun kastratsiya jazosini taklif qildi

Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisida bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga qaratilgan qonun muhokama qilindi.
Majlis davomida “Nuroniy” jamg‘armasining Toshkent shahar bo‘limi raisi, senator Rustam Kalonov bolalarga nisbatan jinsiy jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan kastratsiya qo‘llashni taklif qildi.
Senatorning ta’kidlashicha, ayrim davlatlarda bolalarga nisbatan jinsiy jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan xirurgik aralashuv kabi choralar ham qo‘llanadi. Uning fikricha, bunday jazo jinoyatlarning takrorlanishining oldini olish choralaridan biri bo‘lishi mumkin.
Kalonov bu masalani bolalarni himoya qilishga qaratilgan qonunga qo‘shimcha sifatida ko‘rib chiqishni taklif etdi.
Senat raisi Tanzila Norboyeva esa avvalo hozir qabul qilinayotgan qonunning amalda qanday ishlashini kuzatish kerakligini bildirdi. Uning aytishicha, keyinchalik zarurat bo‘lsa, qonunchilikni yana takomillashtirish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Senat majlisida muhokama qilingan qonun bolalarni zo‘ravonlikning turli shakllaridan himoya qilish tizimini kuchaytirishga qaratilgan. Senatorning kastratsiya haqidagi fikri esa mazkur muhokama davomida bildirilgan taklif hisoblanadi.






























Izohlar 0
…