22:53 / 07.10.2022
970

Jamoliddin Rahmatullayev: "Jahon chempionati biz uchun yaqinlashib bormoqda"

Jamoliddin Rahmatullayev: "Jahon chempionati biz uchun yaqinlashib bormoqda"
17 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi saralashidan o‘rin olgan Janubiy Koreyaga qarshi bahsdan so‘ng O‘zbekiston bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullayev va Lazizbek Mirzayev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida
- Barchani bugungi orziqib kutilgan g‘alaba bilan tabriklayman. Hammaga kattakon rahmat. Biz sizlarning qo‘llab-quvvatlashingizni his qilib turdik. Bizning maqsadlarimiz katta. So‘ngi paytlardagi yaratib berilayotgan imkoniyat va natijalar O‘zbekistonda bolalar futboli rivojlanib borayotganini ko‘rsatmoqda. InshaAlloh, Jahon chempionati ham biz uchun yaqinlashib bormoqda.

Birinchi bo‘lim haqida
Bu yoshda psixologik holat ko‘p narsani hal qiladi. Birinchi bo‘lim biroz og‘ir o‘tdi. Bolalarni ruhan tayyorlashga biroz vaqt ketdi. Ularni o‘zlariga ishonchini qaytarishga harakat qildik. Oldimizda qiladigan ishlarimiz ko‘p.

Raqib kuchli tomonlari va zaif tomonlari o‘rganildi. Ular Osiyoning eng kuchli jamoalaridan hisoblanadi. Ularga ham g‘alaba juda zarur edi. Lekin biz harakat qildik va vaziyatni o‘z foydamizga yakunladik. Xatolarni sovuq miya bilan ko‘rib chiqamiz va ularni to‘g‘irlaymiz. Biz bundan ham ko‘prog‘iga qodirmiz. Bolalar yosh, ular ustida hali ko‘p ishlaymiz.

Jismoniy holat haqida
- Bizda futbolchilarni vitaminizatsiya qilish bo‘yicha muammo yo‘q. Bu borasida rahbariyat bilan hammasini hal qilganmiz. Biz avvalgi Yevropa jamoalari bilan o‘yinlarda bolalarimizni jismoniy holatini ko‘rdik. Bu tizimli narsa. Bu narsani doimiy olib borsak, sekin sekin bizda hammasi joyiga tushadi.

Lazizbek Mirzayev:

O‘yin haqida
- bugun qiyin o‘yin bo‘lib o‘tdi. Musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. O‘FA vakillari, murabbiylar va jamoadoshlarimga rahmat aytmoqchiman. Bolalar hammasini isbotladi va natija bilan nimalarga qodirligimizni ko‘rsatdi.

Gol haqida
- Yaxshi niyat qilib jarima zarbasi oldiga bordim. Ota-onam va muxlislar uchun oldimdagi imkoniyatdan foydalanishga maksimal harakat qildim. Xudoga shukur, bu gol bilan tugadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jamoliddin Rahmatullayev: "Jahon chempionati biz uchun yaqinlashib bormoqda"