Uch yoshli Nevada ismli bolaning 10 ta goli mojaro keltirib chiqardi

Uch yoshli  Nevada ismli bolaning 10 ta goli mojaro keltirib chiqardi

AQSHning Florida shtatida uch yoshli Nevada ismli bolaning futbol uchrashuvi mojaro bilan yakunlandi. OAV xabarlariga ko‘ra, u o‘zidan kattaroq, taxminan besh yoshli bolalarga qarshi maydonga tushib, bir taym davomida 10 ta gol urgan.

Voqeadan so‘ng bolaning otasi va boshqa tomonlar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, mojaro o‘yin shartlari hamda bolaning qaysi yosh toifasida qatnashishi kerakligi borasidagi bahs bilan bog‘liq bo‘lgan.

Vaziyat keskinlashgach, tashkilotchilar politsiyani chaqirgan. Huquq-tartibot organlari hodisani jinoiy holat emas, balki kelishmovchilik sifatida baholagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hech kim hibsga olinmagan.

Hozircha politsiya chaqirilishiga aynan bolaning 10 ta gol urishi sabab bo‘lgani tasdiqlanmagan.

Sizningcha, bolalar futbolida yosh va mahorat darajasi o‘rtasidagi farqni hisobga olib, bunday vaziyatlarda qanday yo‘l tutish kerak?

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar