155
Jamoliddin Rahmatullayev: "Bunday xatolarni keyingi o‘yinlarda takrorlamaslik ustida ishlaymiz"
17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi guruh bosqich 1-turidan o‘rin olgan Yaponiya - O‘zbekiston bahsi yakunlandi. Unda vakillarimiz 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Raqiblarning goli 8-daqiqada kiritildi. Qanotdan oshirib berilgan to‘pga Yutaka Michivaki boshi bilan zarba berdi va posbonimizni dog‘da qoldirdi. 80-daqiqada esa zaxiradan maydonga tushgan Amirbek Saidov aniq zarbasi bilan muvozanatni tikladi - 1:1.
Uchrashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida terma jamoamiz bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullayev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Assalomu alaykum, hammaga. O‘yinni yuqori ishonch bilan boshladik. Tezkor gol bizni shoshirib qo‘ydi. O‘yin tizginini qo‘lga olishga ko‘proq vaqt ketib qoldi.
O‘yin haqida...
Biz bugun emotsional futbol namoyish etdik. Shunday bo‘lsa ham o‘yinni nazorat qila oldik. Ayniqsa, oxirgi daqiqalarda g‘alabani ham ilib ketishimiz mumkin edi.
O‘yinda juda ko‘p zarbalar yo‘llashimiz kerak. Bugun bu narsa bizda o‘xshamadi. Taktik tomonlama o‘yin namoyish eta olmadik. Yuqorida aytganimdek, ko‘proq emotsiyaga tayanib, futbol o‘ynadik. Bu kabi xatolarni keyingi o‘yinlarda takrorlamaslik ustida ish olib boramiz.
Hindiston bilan o‘yin haqida...
Ko‘proq taktikaga e’tibor berishimiz kerak. Hindistonga qarshi o‘yin biz uchun yuqori ahamiyatga ega. To‘g‘ri, hissiyot bilan o‘ynash kerak. Lekin o‘yinning oxirida aynan shu narsa bizga foyda keltirdi.
Ikkinchi turdagi g‘alaba bizga pley-off uchun keng imkoniyatlarni ochadi. Shuning uchun bu bahsda g‘alaba uchun maydonga tushamiz!
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi