U-23 Osiyo kubogi saralashining 3-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston — Eron (1:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Rizo Inoyati matbuot anjumanida ishtirok etib bugungi o‘yin haqida quyidagilarni aytdi.
- O‘yin haqida
- O‘zbekiston terma jamoasini tabriklayman. Raqib ko‘p imkoniyatlardan foydalandi. Rejalarimizning ba’zilari o‘xshadi, ba’zilari o‘xshamadi.
- Bugun jamoa durangga rozi bo‘lib o‘ynagandek taassurot qoldirdi...
- Bugungi durang ikkala jamoa uchun ham yaxshi bo‘lardi. Afsuski, bugun raqib jamoa ustun keldi.
- Osiyo o‘yinlari uchun tayyorgarlik qanday kechadi?
- Osiyo o‘yinlarida o‘yin amaliyoti kamroq taqdim etilgan o‘yinchilarga imkoniyat bermoqchimiz. Shunnigdek, ushbu tarkibga kiritilmagan boshqa o‘yinchilarga ham imkon beramiz. Xitoyga maksimal tayyorgarlik bilan boramiz.
- Osiyo o‘yinlarida 23 yoshdan katta bo‘lgan uch nafar futbolchi chaqirish imkoniyatingiz bor. Bundan foydalanasizmi?
- To‘g‘ri ta’kidlab o‘tdingiz, bizda shunday imkoniyat bor. Biroq Eron chempionatidagi tig‘iz taqvim sababli 23 yoshdan katta futbolchilardan ikkitasini tarkibga chaqiramiz.
- Shogirdlaringiz ikkinchi qavatda yaxshi o‘ynadi, shunga qaramay, mag‘lubiyatga uchradi...
- Bu futbol. Barcha rejalarimiz amalga oshmadi. Barcha maksimal formada maydonga tushgandi. Ammo ko‘rsatmalarni to‘liq bajara olishmadi.