23:00 / 30.07.2024
332

Abbos Fayzullayev: "Olimpiadaga hech kim mag‘lubiyatga uchraymiz yoki guruhda qolib ketamiz degan maqsadda kelmaydi"

Abbos Fayzullayev: "Olimpiadaga hech kim mag‘lubiyatga uchraymiz yoki guruhda qolib ketamiz degan maqsadda kelmaydi"
Parij Olimpiadasi 3-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston — Dominikan Respublikasi (1:1) uchrashuvidan so‘ng yarim himoyachi Abbos Fayzullayev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Avvalambor, stadiondan va ekran ortidan qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. Biz buni his qilib turdik. Ijtimoiy tarmoqlar orqali va to‘g‘ridan to‘g‘ri stadionda bunga guvoh bo‘ldik. Olimpiya o‘yinlari juda muhim turnir sanaladi. Biz bu yerda ishtirok etishni ancha vaqt kutgan edik. Musobaqa davomida qaysidir joyda omad, qaysidir joyda tajriba yetishmadi. Bu kabi o‘yinlarda bitta vaziyat hamma narsani hal qiladi. Shu bois, 90 daqiqa davomida konsentratsiyani yo‘qotmaslik kerak.

Klubdagi kelgusi faoliyatim haqida hozircha hech narsa deya olmayman. Sababi, bor e’tiborimni terma jamoaga qaratganman. Endilikda SSKA safiga qaytib, keyingi o‘yinga tayyorgarlikni boshlayman. Klub 4 avgustda navbatdagi uchrashuvini o‘tkazadi. Moskvaliklar bilan shartnomam bor. Hamma narsa o‘z vaqtida bo‘lgani yaxshi.

23 yoshdan katta futbolchilar jamoaga yaxshi qo‘shilib ketishdi. Ularni ham tushunsa bo‘ladi, chunki ular jamoa bilan ko‘p vaqt birga bo‘lishmagan. Boshqa tizimdagi futboldan bu yerga darhol moslashib ketish qiyin. Shunga qaramay, ular harakat qilishdi. Ammo ularning tayyorgarligi uchun biroz vaqt yetishmadi. Ular qancha ko‘proq jamoa bilan bo‘lsa, taktik ishlanmalarga moslashishi shuncha oson kechadi.

Turnir davomida barcha jonini berib harakat qiladi. Bu yerga hech kim mag‘lubiyatga uchraymiz yoki guruhda qolib ketamiz deb kelmaydi. Muxlislarimiz ham buni to‘g‘ri tushunishadi degan umiddaman. Biz tarix yaratdik, o‘zbek futbolida burilish sodir etdik. Chinakam muxlislar bundan keyin ham bizni qo‘llab-quvvatlashda davom etishadi degan umiddaman. Oldimizda jahon chempionatiga yo‘l olish maqsadi turibdi. Bu maqsadni ham uddalab, tarixda yana bir sahifa yaratishga harakat qilamiz", dedi Fayzullayev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abbos Fayzullayev: "Olimpiadaga hech kim mag‘lubiyatga uchraymiz yoki guruhda qolib ketamiz degan maqsadda kelmaydi"