00:34 / 04.02.2025
0

"Surxon" klubi ikki rossiyalik futbolchi bilan shartnoma tuzdi

"Surxon" klubi ikki rossiyalik futbolchi bilan shartnoma tuzdi
Yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirishda davom etayotgan "Surxon" rossiyalik futbolchilar bilan shartnoma imzoladi.

"Surxon" matbuot xizmatining xabar berishicha, 23 yoshli Dmitriy Kratkov va 25 yoshli Kirill Kolesnichenkolar jamoa safiga qoʻshilishdi.

Hujumchi Kolesnichenko yanvar oyida "Surxon" yigʻinida ishtirok etib, bir qator nazorat uchrashuvlarida oʻzini koʻrsatdi va klub bilan 1 yillik bitim imzoladi. U faoliyati davomida "Ural", "Qayrat", "Rotor", "Rodina" va "Amkar" kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.

Tayanch yarim himoyachisi rolini bajaradigan Dmitriy Kratkov esa "Krasnodar" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Manba: "Surxon" matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport