10:30 / 13.02.2025
688

Andrey Shevchenko: “Ukraina futbolida Timoshukka oʻrin yoʻq”

Andrey Shevchenko: “Ukraina futbolida Timoshukka oʻrin yoʻq”
Foto: UYeFA
Ukraina futbol assotsiatsiyasi (UAF) prezidenti Andrey Shevchenko Anatoliy Timoshukning Lozannadagi UAF’ga qarshi sudda yutib chiqqaniga izoh berdi, deb yozmoqda Daryo.

– Anatoliy Timoshuk CAS sudida apellyatsiyani yutdi. Bu borada keyingi qadamlaringiz qanday boʻladi? Chunki, mening tushunishimcha, oldin qoʻyilgan sanktsiyalar bekor qilinishi kerak.

– Ukraina futbolida Timoshukka oʻrin yoʻq va boʻlmaydi ham. Bu butun jamiyat, men va hammamizning qat'iy pozitsiyamiz. U CAS sudida apellyatsiyani yutganini biz hal qilganimiz yoʻq.

Men shuni ayta olamanki, biz uchun u ukrain futbolida mavjud emas va bu men uchun mutlaq aniq masala. Shuning uchun men bu mavzuni koʻtarishning umuman hojati yoʻq deb hisoblayman, dedi Shevchenko.

Eslatib oʻtamiz, Lozannadagi Sport arbitraj sudi (CAS) sobiq futbolchi Anatoliy Timoshukning UAF intizom qoʻmitasi qaroriga qarshi bergan apellyatsiyasini qanoatlantirdi.

45 yoshli “Zenit” murabbiyi Ukraina — Rossiya mojarosi boʻlayotgan pallada rus klubida ishlashni davom ettirgani sababli unga qoʻyilgan sanktsiyalarni bekor qilishni talab qilgan edi.

2022 yil mart oyida UAF uni barcha unvonlaridan mahrum qilgan, murabbiylik litsenziyasidan ayirgan va umrbod milliy jamoalar rasmiy reyestridan chiqarib tashlagandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport