12:28 / 05.11.2016
6 738

O‘zbekiston kiber futbol o‘yinlari Assosiasiyasi ish boshladi

O‘zbekiston kiber futbol o‘yinlari Assosiasiyasi ish boshladi

“O‘zbekiston Kiber Futbol o‘yinlari Assosiyasiyasi” Nodavlat Notijorat Tashkiloti rasmiy ravishda O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan tasdiqlandi, deb yozmoqda Kun.uz.

O‘zbekistonda kiberfutbolga bo‘lgan etibor ortib borayotganini inobatga olgan holda, Vazirlik tomonidan keng sharoitlar yaratildi. Shulardan bazilarini havola etamiz. Eng asosiy yorqin malumotlar qo‘shimchalari yaqin kunlardagi “PSFL” ligasining 1-mavsumi starti oldidan va Assosiasiya ochilishiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida elon qlinishi ko‘zda tutilgan. Ushbu matbuot anjumaniga barcha jurnalistlarni taklif etiladi.

Tashkilotning doimiy asosda ishlaydigan rahbar organi uch kishidan iborat bo‘ldi: Rais (prezident), rais o‘rinbosari (vise-prezident) va kotib.
Tashkilot raisi (prezident) etib Pattaxov Aziz Erkinovich, rais o‘rinbosari (vise-prezident) Alimaksumov Alixon Avasxanovich, kotiblikka Kamolov Sirojiddin Jaloliddin o‘g‘li saylandilar.

Yaqindagina Fransiya poytaxti Parij shahrida jahonning eng kuchli 32 kiberfutbolchilari o‘rtasidagi ESWC 2016 turnirida ilk bora qatnashgan, birinchilardan rasmiy ravishda tashkil etilgan tashkilot «O‘ZBEKISTON KIBER FUTBOL O‘YINLARI ASSOSIASIYaSI» o‘z faoliyatini boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan «O‘zbekiston kiber futbol o‘yinlari Assosiasiyasi» ustaviga asosan qisqacha malumotlar va Tashkilot o‘z maqsadiga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshiradigan ishlari bilan tanishing:

“KIBER FUTBOL” – internet tarmog‘i orqali onlayn rejimida “Kompyuter”, “Play Station”
Va “X Box”o‘yin qurilmalari orqali real vaqt sharoitida o‘ynaladigan video o‘yindir.

- “KIBER FUTBOL” bo‘yicha hududiy, milliy va xalqaro sport musobaqalarini tashkil etadi va o‘tkazadi;
- Tashkilotning “KIBER FUTBOL” bo‘yicha sport musobaqalarini tashkil etish, o‘tkazish va ularda ishtirok etishga doir talablar, tartib va shartlar belgilanadigan qoidalar, nizomlarni (reglamentlarni) ishlab chiqadi va ega bo‘ladi;
- O‘zbekiston Respublikasida “KIBER FUTBOL”ni rivojlantirish va ommaviylashtirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqadi va amalga oshirishga ko‘maklashadi;
- O‘zbekiston Respublikasida aholining kompyuter sporti turlariga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi, virtual sport turlarining ijobiy taraflarini tushuntiradi va targ‘ib etadi;
- O‘zbekiston Respublikasi hududida “KIBER FUTBOL” bo‘yicha sport markazlari, klublar, uyushmalar, jamoalar, maktablar va h.k.larni tashkil etishda ko‘maklashadi, shuningdek ularga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi;
- O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va ushbu ustavga muvofiq tegishli jismoniy shaxslar orqali “KIBER FUTBOL” bo‘yicha tashkil etiladigan xalqaro va respublikadan tashqarida o‘tkaziladigan sport musobaqalarida O‘zbekiston Respublikasidagi tashkilot a’zolarining nomidan qatnashadi;

TAShKILOTNING MAQSAD VA VAZIFALARI
Tashkilot faoliyatining asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasi hududida “KIBER FUTBOL”ni ommalashtirish, “KIBER FUTBOL” virtual sport turini rivojlantirish, shuningdek virtual sport tadbirlarini, virtual sport musobaqalarini o‘tkazishni tashkil etish hamda jismoniy shaxslarni kiber sport turi bo‘yicha musobaqalarga tayyorlashdan iborat.
Tashkilot o‘z maqsadiga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
- “KIBER FUTBOL” bo‘yicha hududiy, milliy va xalqaro sport musobaqalarini tashkil etadi va o‘tkazadi;
- Tashkilotning “KIBER FUTBOL” bo‘yicha sport musobaqalarini tashkil etish, o‘tkazish va ularda ishtirok etishga doir talablar, tartib va shartlar belgilanadigan qoidalar, nizomlarni (reglamentlarni) ishlab chiqadi va ega bo‘ladi;
- O‘zbekiston Respublikasida “KIBER FUTBOL”ni rivojlantirish va ommaviylashtirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqadi va amalga oshirishga ko‘maklashadi;
- O‘zbekiston Respublikasida aholining kompyuter sporti turlariga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi, virtual sport turlarining ijobiy taraflarini tushuntiradi va targ‘ib etadi;
- O‘zbekiston Respublikasi hududida “KIBER FUTBOL” bo‘yicha sport markazlari, klublar, uyushmalar, jamoalar, maktablar va h.k.larni tashkil etishda ko‘maklashadi, shuningdek ularga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi;
- O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va tashkilotning ustavga muvofiq tegishli jismoniy shaxslar orqali “KIBER FUTBOL” bo‘yicha tashkil etiladigan xalqaro va respublikadan tashqarida o‘tkaziladigan sport musobaqalarida O‘zbekiston Respublikasidagi tashkilot a’zolarining nomidan qatnashadi;

- ommaviy axborot vositalari orqali Tashkilotning faoliyati haqida targ‘ibot ishlarini olib boradi;
- yuqorida qayd qilinmagan, ammo ularni to‘ldiruvchi va kengaytiruvchi faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston kiber futbol o‘yinlari Assosiasiyasi ish boshladi