“Inter” “Bavariya”ni musobaqadan chiqarib, yarim finalga yo‘l oldi

“Inter” “Bavariya”ni musobaqadan chiqarib, yarim finalga yo‘l oldi
UEFA Chempionlar Ligasi 1/4 final javob bahsi Milan shahridagiJuzeppe Meazza” stadionida bo‘lib o‘tdi. “Inter” va “Bavariya” o‘rtasidagi uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi, ammo birinchi o‘yinda qo‘lga kiritilgan 2:1 hisob tufayli “Inter” umumiy 4:3 hisob bilan yarim finalga chiqdi.

“Bavariya” safida gollarni Garri Keyn (52-daqiqa) va Erik Dayer (76-daqiqa) urdi. “Inter”ning javob gollari esa Lautaro Martines (56') va Benjamin Pavar (61') tomonidan kiritildi.

Statistikaga ko‘ra, “Bavariya” 20 zarba berdi, “Inter” esa 15 ta. To‘p nazoratida mehmonlar 63% bilan ustun bo‘ldi, ammo “Inter” imkoniyatlardan unumli foydalandi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar