date
views 59

Ten Xag yangi maqsad sari — “Bayer”ga rahbarlik qiladimi?

Ten Xag yangi maqsad sari — “Bayer”ga rahbarlik qiladimi?
“Manchester Yunayted”ning sobiq ustozi Erik ten Xag yana ishga qaytish arafasida — deb mashhur insayder Fabritsio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

Jurnalist ma’lumotiga ko‘ra, niderlandiyalik mutaxassis Germaniya Bundesligasi chempionlaridan biri bo‘lgan “Bayer” klubi bilan kelishuvga kelgan. Tomonlar 2027 yil iyunigacha mo‘ljallangan shartnoma ustida kelishib olgan va hujjat rasman dushanba kuni imzolanishi kutilmoqda.

“Bayer”da yangi davr boshlanmoqda

Ma’lumki, joriy mavsum yakuni bilan klubning amaldagi bosh murabbiyi Xabi Alonso o‘z xohishiga ko‘ra lavozimini tark etishini ma’lum qilgandi. Uning boshchiligida jamoa katta natijalarga erishdi va “Bayer”ni yangi bosqichga olib chiqdi. Endilikda esa uning o‘rnini boshqa bir ambitsiyali va xalqaro tajribaga ega mutaxassis — Erik ten Xag egallashi kutilmoqda.

MYUdagi davri va undan so‘nggi tanaffus

Ten Xag “Manchester Yunayted”da ikki mavsum ishlagan va shu vaqt mobaynida Angliya kubogi hamda Liga kubogini qo‘lga kiritgan edi. Ammo natijalarning barqaror emasligi sababli u 2024 yil oktyabrida klubni tark etgan. Shundan beri ertasiga takliflar bo‘lganiga qaramay, u hech bir jamoa bilan shartnoma imzolamagandi.

Endilikda “Bayer” kabi yuqori maqsadlarga ega jamoada faoliyat boshlash imkoni mutaxassis uchun ham katta sinov bo‘lishi turgan gap. Germaniya futboliga xos intizom va yuksak bosim sharoitida Ten Xag o‘zini qanday namoyon qilishi barchada qiziqish uyg‘otmoqda.

Ten Xag uchun “Bayer” yangi sahifa bo‘lishi mumkin. Chempion jamoani boshqarish, undagi tizimni saqlab qolish va yanada rivojlantirish — bu oson vazifa emas. Ammo uning tajribasi va ish uslubi bu yo‘lda asosiy qurol bo‘lishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ten Xag yangi maqsad sari — “Bayer”ga rahbarlik qiladimi?