Niderlandiyalik mashhur mutaxassis Erik ten Xag Leverkuzenning “Bayer” klubidagi qisqa faoliyatini yakunlab, katta miqdorda kompensatsiya puliga ega bo‘ldi. Germaniyaning Sport Bild nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, u ishdan bo‘shatilgani uchun taxminan 5 million yevro to‘lov olgan.
Eslatib o‘tamiz, Erik ten Xag “aspirinlar”ni shu yil may oyida qabul qilib olgan edi. Ammo Germaniya chempionatidagi yangi mavsumni u omadsiz boshladi. Bundesliganing dastlabki ikki turida “Bayer” faqat bittagina ochko jamg‘ardi va bu natija klub rahbariyatini jiddiy tashvishga soldi.
Endilikda Leverkuzen jamoasi ichki chempionatning navbatdagi bahsida o‘z uyida Frankfurtning “Ayntraxt” klubiga qarshi to‘qnash keladi. Uchrashuv 12 sentyabr, juma kuni soat 23:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.
Erik ten Xagning murabbiylik faoliyatida salmoqli natijalar bor. U “Manchester Yunayted”da ishlagan vaqtda Angliya kubogi va Liga kubogini yutib olgan. Shuningdek, “Ayaks” jamoasi boshqaruvida Niderlandiya chempionligini uch marta qo‘lga kiritgan.
Bunga qaramay, “Bayer”dagi qisqa sayohati ortidan u moslashishga ulgurmay, o‘z lavozimini tark etdi va endi kelgusi faoliyati haqida savollar yanada ko‘paydi.
Ten Xag iste’fo uchun “Bayer”dan qancha pul oldi?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar