Dembele Saudiya Arabistoni chempionatiga yo'l olishi mumkin

PSJ hujumchisi Usman Dembele faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi ehtimoli bor. Bu haqda Sky Sports xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, saudiyalik shayxlar yozgi transfer oynasida "Oltin to'p" sohibini olib kelish ustida ish boshlagan. Bitimning taxminiy qiymati hozircha oshkor qilinmagan, shuningdek, Dembelega qaysi top-klub qiziqish bildirayotgani ham aniq emas.
Avvalroq Dembele PSJ bilan shartnomani uzaytirish uchun juda yuqori maosh talab qilayotgani aytilgandi. Biroq parijliklar prezidenti klubdagi belgilangan maosh chegarasidan, hatto jamoaning asosiy yulduzi masalasida ham, oshib ketmoqchi emasligini ochiq bildirib qo'ygan.
Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, 28 yoshli Dembelega 100 million yevro baho qo'yilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!