date

Endrik chetlatildi, ammo Lion Nantni mag'lub etdi

Endrik chetlatildi, ammo Lion Nantni mag'lub etdi

Fransiya Ligasining 21-turida «Nant» o'z maydonida «Lion»ni qabul qildi va uchrashuv mehmonlarning minimal hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O'yin startida Mohamed Kabaning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi ustunga tegib qaytdi. 25-daqiqada Afonso Moreyra darvozabonni yenga olmadi, biroq darhol jamoadoshiga uzatma berdi va Pavel Shults hisobni ochdi — 0:1. Oradan ko'p o'tmay «Lion» yana xavfli hujum uyushtirdi: Endrikning zarbasini posbon burchak zarbasiga chiqarib yubordi.

Ikkinchi bo'limda Remi Kabella havodan aniq paslari bilan Yussef el-Arabini bir necha bor zarba pozitsiyasiga olib chiqdi: hujumchi bir epizodda bosh bilan ustunni poyladi, 69-daqiqada esa darvozabonni dog'da qoldirishga sal qoldi. Biroq 59-daqiqada Endrik Demen Tabibuga qo'pol harakati uchun qizil kartochka olib, «Lion»ni kamchilikda qoldirdi.

Shunga qaramay, «Lion» bir kishi kam bo'lib ham hisobni ushlab qoldi va g'alaba qozonib, muvaffaqiyatli seriyasini davom ettirdi hamda turnir jadvalida yakka 3-o'ringa ko'tarildi. «Nant» esa aksincha, jadvalning pastki qismida — oxirdan uchinchi pog'onada qoldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Endrik chetlatildi, ammo Lion Nantni mag'lub etdi