Toshkentga yuk mashinalari kirishi vaqtincha taqiqlandi

Toshkentda 16–18 iyun kunlari xalqaro investitsiya forumi o‘tkazilishi munosabati bilan yuk avtomobillarining shaharga kirishi vaqtincha cheklandi.
Shuningdek, Islom Karimov, Abdulla Qodiriy, Qorasaroy va Yangi O‘zbekiston ko‘chalarida transport harakatiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi.
Ayrim avtobus yo‘nalishlari harakat sxemasi ham o‘zgarishi mumkin.
Mas’ullar haydovchilar va yo‘lovchilarga tirbandliklarning oldini olish uchun yo‘nalishlarni oldindan rejalashtirishni tavsiya qilmoqda.































Izohlar 0
…