Ulug‘bek Qodirov o‘zining “Xonimey” nomli yangi qo‘shig‘i bilan ijtimoiy tarmoqlarda barchaning e’tiborida!

Ulug‘bek Qodirov  o‘zining “Xonimey” nomli yangi qo‘shig‘i bilan ijtimoiy tarmoqlarda barchaning e’tiborida!

Mashhur aktyor Ulug‘bek Qodirov ijodidagi yana bir yangilik bilan muxlislarini quvontirdi. San’atkor “Xonimey” nomli yangi taronasini taqdim etdi.

So‘nggi yillarda nafaqat aktyorlik, balki xonandalik yo‘nalishida ham o‘zini sinab ko‘rayotgan Ulug‘bek Qodirovning ijodiy izlanishlari muxlislar tomonidan iliq kutib olinmoqda.

Yangi qo‘shiq e’lon qilinganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab fikrlar paydo bo‘ldi. Muxlislar san’atkorning ovozi va ijodiy uslubini e’tirof etib, unga omad va muvaffaqiyatlar tilashmoqda.

Ayrim foydalanuvchilar esa Ulug‘bek Qodirovning aktyorlikdagi muvaffaqiyatlari qatori musiqiy faoliyatida ham yangi yutuqlarga erishishiga ishonch bildirmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar