date

Galatasaray va Fenerbahche futbolchilarini tikish mojarosi kutmoqda

Galatasaray va Fenerbahche futbolchilarini tikish mojarosi kutmoqda

Turkiyada Galatasaray va Fenerbahche safida to'p suradigan ikki futbolchi tikishlar bilan bog'liq ish sababli qamoq jazosi xavfi ostida qolmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Gap Galatasaray vakili Metehan Baltadji hamda Fenerbahche sardori Mert Hakan Yandash haqida ketmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, Baltadji 13 yilgacha, Yandash esa 17 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Sabah nashri xabariga ko'ra, Baltadji kamida ikki marta Galatasaray o'yinlariga tikish qilgan. U o'sha uchrashuvlarda asosiy tarkibda bo'lmagan, biroq jamoa qaydnomasiga kiritilgan, bu esa nazariy jihatdan natijaga ta'sir o'tkazish imkonini ham yuzaga keltiradi.

Amaldagi Turkiya qonunchiligiga binoan, futbolchi bukmekerlarga o'zining professional sportchi ekanini ma'lum qilishi shart edi, ammo u buni bajarmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Galatasaray va Fenerbahche futbolchilarini tikish mojarosi kutmoqda