Julian Nagelsmann Jahon chempionati tarkibida kutilmagan o‘zgarish qildi

1 daqiqa o'qish3.4K
Julian Nagelsmann Jahon chempionati tarkibida kutilmagan o‘zgarish qildi

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Julian Nagelsmann AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati uchun yakuniy tarkibni e’lon qildi. Kutilmaganda, 1. FC Köln hujumchisi Said El Mala va Bavariya iqtidorli futbolchisi Lennart Karl terma jamoa ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Said El Mala uchun bu chaqiruv katta muvaffaqiyat bo‘ldi. Mavsum davomida Bundesligada 13 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan 19 yoshli futbolchi, dastlab murabbiyning tanqidiga uchragan edi. Nagelsmann mart oyida hujumchining himoyadagi harakatlari va o‘yin amaliyoti yetarli emasligini ta’kidlab, uni tarkibga jalb qilmagandi.

Biroq, Lukas Kwasniok iste’foga chiqib, Rene Vagner bosh murabbiy etib tayinlanganidan so‘ng, El Malaning o‘yini tubdan o‘zgardi. U doimiy ravishda asosiy tarkibda maydonga tushib, Germaniya U21 terma jamoasi safida ham o‘zini ko‘rsatdi. Ayniqsa, Gretsiyaga qarshi Yevropa chempionati saralash bahsidagi goli uning ruhiy holati va mahoratini namoyish etdi.

Nagelsmann o‘z qarorini qayta ko‘rib chiqib, yosh futbolchining o‘sishini e’tirof etdi. Endilikda Said El Mala Jahon chempionati kabi nufuzli turnirda o‘zini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu qaror Germaniya futbol jamoatchiligi tomonidan ijobiy qabul qilindi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?