Lamin Yamalning Ispaniya federatsiyasidan so‘ragan g‘alati iltimosi ko‘plab bahslarga sabab bo‘ldi

Lamin Yamalning Ispaniya federatsiyasidan so‘ragan g‘alati iltimosi ko‘plab bahslarga sabab bo‘ldi

Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Lamin Yamal Jahon chempionati paytida o‘zi uchun alohida sharoit so‘ragani haqida xabar tarqaldi. Ispan matbuoti ma’lumotiga ko‘ra, 19 yoshli o‘yinchi sevgilisi Ines Garsiya bilan birga yashash maqsadida Ispaniya futbol federatsiyasidan alohida xona ajratishni iltimos qilgan.

Manbada aytilishicha, Yamal Ines Garsiyaning yonida bo‘lishi uning kayfiyatiga, ruhiy tayyorgarligiga va o‘yiniga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi, deb hisoblaydi. Shu bois u Jahon chempionati davomida sevgilisi bilan birga qolishga ruxsat so‘ragan.

Biroq bu xabar hozircha rasman tasdiqlangani yo‘q. Ispaniya futbol federatsiyasi ham, Lamin Yamal ham masala bo‘yicha bayonot bermagan. Shunday bo‘lsa-da, ma’lumot ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi va ko‘plab bahslarga sabab bo‘ldi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar