Prezident maktabda kamsitilgan qizchani shaxsan o‘zi qo‘lidan ushlab maktabga olib kirdi

Prezident maktabda kamsitilgan qizchani shaxsan o‘zi qo‘lidan ushlab maktabga olib kirdi

Shimoliy Makedoniyaning Gostivar shahrida 2022 yil fevral oyida ta’sirli voqea yuz bergan. 11 yoshli Embla Ademi maktabda ota-onalar va ayrim sinfdoshlari tomonidan kamsitilgan.

Embla Daun sindromiga ega bo‘lgani uchun ba’zi ota-onalar uni farzandlari bilan bir sinfda o‘qishiga qarshi chiqqan. Ular qizchani dars jarayoniga xalaqit beryapti, degan da’volar bilan boykot uyushtirgan. Bu ayblovlar asoslanmagani aytilgan.

Natijada qizcha sinfdoshlaridan ajratilib, darslarni yolg‘iz o‘tishga majbur bo‘lgan. Voqea jamoatchilikka ma’lum bo‘lgach, mamlakat prezidenti Stevo Pendarovski bunga befarq qaramagan.

Prezident Emblaning uyiga borib, unga sovg‘a ulashgan. Keyin qizchaning qo‘lidan ushlab, uni maktabgacha olib borgan. Bu holat ko‘pchilik tomonidan alohida ehtiyojli bolalarni qo‘llab-quvvatlash belgisi sifatida qabul qilingan.

Pendarovski inklyuziv ta’lim har bir bola uchun muhim ekanini ta’kidlagan. U kamsitishga yo‘l qo‘yganlarning xatti-harakatini oqlab bo‘lmasligini aytgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar