Yulduz Usmonovaning sahnadagi energiyasi muxlislarni lol qoldirdi (video)

Yulduz Usmonovaning sahnadagi energiyasi muxlislarni lol qoldirdi (video)

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning navbatdagi konsertidan olingan videolavha ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, muxlislar e’tiborini tortdi.

Videoda xonandaning qo‘shiq ijro etish bilan birga sahnada jo‘shqin raqsga tushgani, hatto sakrab raqs ijro etgani aks etgan. Uning sahnadagi shijoati, tetikligi va yuqori kayfiyati ko‘plab internet foydalanuvchilarining olqishiga sazovor bo‘ldi.

Izohlarda muxlislar Yulduz Usmonovaning yillar o‘tsa-da energiyasi so‘nmaganini, sahnada hamon katta ishtiyoq bilan ijod qilayotganini alohida ta’kidlashmoqda. Ko‘pchilik "Hamma ham shunday energiyaga to‘la bo‘lib qarisin", "Yulduz Usmonovaga har qanday raqs yarashadi", "Sahnaga chiqqanda yoshini umuman sezdirmaydi" kabi iliq fikrlarni qoldirgan.

Tarqalgan videodan ham ko‘rinib turibdiki, Yulduz Usmonova o‘zining jo‘shqin ijrosi va kuchli sahna energiyasi bilan muxlislariga yana bir bor unutilmas kayfiyat ulashishga muvaffaq bo‘lgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar