Politsiyachi yonayotgan mashinadan haydovchini qutqardi (video)

AQSHning Texas shtatida katta yo‘lda sodir bo‘lgan yong‘in vaqtida avtomobil ichida qolib ketgan haydovchi politsiya xodimining tezkor harakati tufayli omon qoldi.
Voqea joyiga birinchilardan bo‘lib yetib kelgan politsiyachi alanga tobora kuchayib borayotganiga qaramay, bir lahza ham ikkilanmadi. U avtomobil eshigi ochilmagach, haydovchini eshik oynasi orqali tashqariga chiqarib, xavfsiz joyga olib o‘tdi.
Mazkur qutqaruv jarayoni politsiyachining body-kamerasiga muhrlanib qolgan. Tarqalgan videoda xodimning jasorati va vaziyatda tezkor qaror qabul qilgani ko‘plab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan e’tirof etilmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling






























Izohlar 0
…