“Sevgi iztirobi” yulduzlari yana bir serialda jam bo‘ladi

Turk seriallari muxlislari uzoq kutgan yangilik nihoyat tasdiqlandi. Bir paytlar millionlab tomoshabinlar qalbidan joy olgan “Sevgi iztirobi” serialining bosh qahramonlari — Burak O‘zchivit, Neslihan Atagul va Kaan Urganchio‘g‘li yangi “Oramizdagi olov” nomli loyiha orqali yana bir ekran asarida birlashmoqda.
Serial ijodkorlari tomonidan ilk rasmiy poster taqdim etilishi bilan loyiha ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Muxlislar sevimli aktyorlarni yana birga ko‘rish imkoniyatidan mamnunligini bildirib, yangi serial haqida minglab izohlar qoldirmoqda.
Hozircha syujet tafsilotlari to‘liq oshkor etilmagan bo‘lsa-da, loyiha hissiyotlarga boy dramatik voqealar, murakkab taqdirlar va kutilmagan burilishlarga boy bo‘lishi aytilmoqda. Shu bois serial turk kino ixlosmandlari orasida eng kutilayotgan loyihalardan biriga aylangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Oramizdagi olov” serialining premyerasi 2026 yilda bo‘lib o‘tadi. Mutaxassislar aktyorlar tarkibi va kuchli ijodiy jamoa sabab loyiha yilning eng shov-shuvli turk seriallaridan biriga aylanishi mumkinligini ta’kidlamoqda.






























Izohlar 0
…