Esdalik tangalari tiraji talab yuqoriligi sabab oshirildi

O'zbekiston milliy terma jamoasining FIFA Jahon chempionati guruh bosqichiga chiqqani munosabati bilan Markaziy bank tomonidan chiqarilayotgan maxsus esdalik tangalari tiraji aholidan kelib tushgan murojaatlar va yuqori qiziqish tufayli oshirildi. Dastlab 100 dona oltin va 1 000 dona kumush tanga chiqarilishi rejalashtirilgan bo'lsa, endilikda yana 400 dona oltin hamda 2 000 dona kumush tanga zarb etiladi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining tarixda ilk bor FIFA Jahon chempionati guruh bosqichiga yo‘llanma olgani munosabati bilan Markaziy bank maxsus esdalik tangalarini muomalaga chiqaradi.
Tangalarda terma jamoaning 26 nafar futbolchisi silueti yagona «Oq bo‘ri» obraziga uyg‘unlashtirilgan.
Markaziy bankka ko‘ra, ushbu kompozitsiya tarixiy natija jamoaviy mehnat va birdamlik mahsuli ekanini ifodalaydi.
Dastlab cheklangan tirajda 100 dona oltin va 1 000 dona kumush tanga chiqarilishi rejalashtirilgan edi.
Biroq katta qiziqish va kelib tushgan murojaatlar sabab tiraj qo‘shimcha ravishda oshiriladigan bo‘ldi.
Endilikda yana 400 dona oltin va 2 000 dona kumush tanga zarb etiladi.
Jahon chempionatiga bag‘ishlangan esdalik tangalari 999,9 probadagi sof oltindan tayyorlanadi.
Oltin tanganing og‘irligi 31,1 gramm bo‘lishi ma’lum qilindi.
Esdalik tangalari savdosi bugun, 18 iyundan boshlanadi.
Narxlar va sotuv amalga oshiriladigan filiallar ro‘yxati Markaziy bankning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

























Izohlar 0
…