Abduqodir Husanov O‘zbekiston — Kolumbiya bahsida jarohat olgan operator holidan xabar oldi

O‘zbekiston terma jamoasi kecha FIFA Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini Kolumbiyaga qarshi o‘tkazdi. Bahs davomida himoyachimiz Abduqodir Husanov to‘p uchun kurash olib borgan epizodlardan birida maydon chetida ishlayotgan translyatsiya operatori bilan to‘qnashib ketdi.
Hodisadan keyin operatorning salomatligi va umumiy ahvoli bilan qiziqildi. Shuningdek, unga Abduqodir Husanovning imzosi tushirilgan maxsus futbolka topshirildi. O‘zbekistonlik himoyachi operatorga tezroq sog‘ayib ketishini tilab, samimiy tilaklarini yo‘lladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Kolumbiya o‘rtasidagi uchrashuv 1:3 hisobida Kolumbiya terma jamoasining g‘alabasi bilan yakunlandi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…