Behruz Karimov Portugaliyaga qarshi O‘zbekistonga yordam bera olmaydi

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zosi Behruz Karimov jarohati sabab Portugaliyaga qarshi uchrashuvda ishtirok etmaydi.
Qanot himoyachisi jahon chempionatining birinchi turida Kolumbiyaga qarshi o‘yinda yaxshi harakat qilgan edi. Biroq shundan keyin futbolchining avvalgi jarohati yana bezovta qila boshladi.
Behruz Karimov o‘yindan keyingi dastlabki jamoaviy mashg‘ulotlarda qatnashmadi. U kecha yakka tartibda mashq qildi. Shu sababli murabbiylar shtabi uning Portugaliyaga qarshi bahsdagi xizmatidan foydalana olmaydi.
Hozir futbolchining keyingi uchrashuvgacha tiklanishi kutilmoqda. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi navbatdagi o‘yinlaridan birini Kongoga qarshi o‘tkazadi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…