"H" guruhi. Ispaniya peshqadam, Kabo-Verde esa tarixiy pley-offda

2 daqiqa o'qish166
"H" guruhi. Ispaniya peshqadam, Kabo-Verde esa tarixiy pley-offda
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • 2026 yilgi jahon chempionatining «H» guruhi doirasida Ispaniya Urugvayni minimal 1:0 hisobida yengib, 7 ochko bilan peshqadam sifatida keyingi bosqichga chiqdi.
  • Uchrashuvning 42-daqiqasida Baena urgan yagona gol o‘yin taqdirini hal qildi va bahs oxirida urugvaylik Kanobbio qizil kartochka oldi.
  • Guruhning ikkinchi uchrashuvida Kabo-Verde va Saudiya Arabistoni golsiz durang o‘ynadi.

2026 yilgi jahon chempionatida «H» guruhining so‘nggi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Ispaniya Urugvayni minimal hisobda mag‘lub etgan bo‘lsa, Kabo-Verde Saudiya Arabistoni bilan durang o‘ynab, tarixiy natija qayd etdi.

Ispaniya va Urugvay o‘rtasidagi bahs keskin kurashlar ostida o‘tdi. Uchrashuv taqdirini 42-daqiqada Baena urgan yagona gol hal qildi. Qolgan vaqtda Urugvay hisobni tenglashtirishga harakat qildi, ammo ispaniyaliklar ustunlikni saqlab qoldi.

Bahsning so‘nggi daqiqalarida urugvaylik Kanobbio qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Shu tariqa, Ispaniya 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, guruhni 7 ochko bilan birinchi o‘rinda yakunladi.

JCH-2026. «H» guruhi, 3-tur

Urugvay — Ispaniya — 0:1

Gol: Baena, 42.

Urugvay: Muslera (Roket, 46), Varela, Kaseres, Olivera, Sanabriya (Rodriges, 70), Ugarte (de la Kruz, 45), Bentankur, Valverde (Vinyas, 57), Kanobbio, Arauxo, Nunes.

Ispaniya: Simon, Lorente, Kubarsi, Laport, Kukurelya, Merino (Olmo, 60), Rodri, Pedri (Ruis, 60), Yamal (Uilyams, 76), Baena (Pino, 66), Oyarsabal (Ferran, 76).

Ogohlantirishlar: Baena, 46; Sanabriya, 54; Varela, 58; de la Kruz, 90+3.

Chetlatish: Kanobbio, 90+5.

Guruhning ikkinchi uchrashuvida Kabo-Verde va Saudiya Arabistoni golsiz durang qayd etdi. Har ikki jamoa ham vaziyatlar yaratgan bo‘lsa-da, darvozalar daxlsiz qoldi.

Kabo-Verde — Saudiya Arabistoni — 0:0

Kabo-Verde: Vozinya, Pina (Moreyra, 90+4), Roberto Lopes, Borxes, Paulo, Lenini, Mendesh (Rodriges, 71), Duarte, Monteyro (Duarte, 71), Semedo (Varela, 61), Livramento (da Koshta, 61).

Saudiya Arabistoni: Al Ovays, Abdulhamid, Al Amri, At Tambakti (Lajami, 33), Bushal (Al Harbi, 82), Madash (Al Hamdan, 66), Nosir Ad Dovsari, Al Haybari (Juvayr, 46), Salim Ad Dovsari (Ash Shamat, 66), Kanno, Al Buraykan.

Ogohlantirishlar: Abdulhamid, 4; Pina, 9; N. Ad Dovsari, 67; Al Buraykan, 90+3.

Ushbu natijadan keyin Kabo-Verde 3 ochko bilan guruhda ikkinchi o‘rinni egalladi. Jamoa jahon chempionatidagi ilk ishtirokidayoq pley-off bosqichiga chiqib, tarixiy natijaga erishdi.

«H» guruhining yakuniy holati:

  1. Ispaniya — 7 ochko, to‘plar nisbati 5:0;

  2. Kabo-Verde — 3 ochko, to‘plar nisbati 2:2;

  3. Urugvay — 2 ochko, to‘plar nisbati 3:4;

  4. Saudiya Arabistoni — 2 ochko, to‘plar nisbati 1:5.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?