Tibbiyot tizimida ishga kiritish uchun pul olgan ikki mansabdor ushlandi

1 daqiqa o'qish72
Tibbiyot tizimida ishga kiritish uchun pul olgan ikki mansabdor ushlandi

O‘zbekistonda tibbiyot muassasalariga ishga joylashtirishni va’da qilib, fuqarolardan pul olgani gumon qilinayotgan ikki mansabdor qo‘lga olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasining bosh hisobchisi L.S. ushlandi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ikki nafar fuqaroni farrosh lavozimiga ishga kiritib berishni va’da qilgan. Buning evaziga 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan.

Shuningdek, Chiroqchi tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda oilaviy shifokorlik punkti mudiri Q.L. ham ushlangan. U fuqaroni hamshira lavozimiga ishga joylashtirishni va’da qilib, 500 AQSH dollarini olgan vaqtda qo‘lga olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining firibgarlik va pora berish jinoyatiga ishtirokchilikka oid moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?