Ramin Rizoyon yig‘lab yubordi: «Eron xalqi, bizni kechiring»

1 daqiqa o'qish297
Ramin Rizoyon yig‘lab yubordi: «Eron xalqi, bizni kechiring»
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichida Misr va Eron terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.
  • O'yindan keyin forslar safida gol urgan Ramin Rizoyon hissiyotlarini tiya olmay ko'z yosh to'kdi va Eron xalqidan kechirim so'radi.
  • Uchrashuvning 90+6-daqiqasida Eron yana bir bor gol urgan bo'lsa-da, u bekor qilindi va jamoaning pley-offga chiqish imkoniyati qiyinlashdi.
  • Ayni paytda Eron 3 ochko bilan guruhda uchinchi o'rinni egallab turibdi.

2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichida Misr va Eron o‘rtasidagi uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Forslar safida gol urgan Ramin Rizoyon bahsdan keyin hissiyotlarini tiya olmay, ko‘z yosh to‘kdi.

Eron 90+6-daqiqada yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol etgan edi. Biroq gol bekor qilindi va jamoa pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkoniyatini qiyinlashtirib qo‘ydi.

«Nima deyishim mumkin? Nega bunday bo‘layotganini bilmayman. Bu shunchaki omadsizlik. Bir marta, ikki marta, uch marta, to‘rt marta, besh marta... Keyingi bosqichga chiqishimizga va xalqimiz yana quvonch his qilishiga umid qilaman. Chunki ular bundan ham yaxshirog‘iga munosib», — dedi Rizoyon.

Futbolchi jamoa a’zolari maydonda bor kuchini ishga solganini va ularning asosiy maqsadi Eron xalqini xursand qilish bo‘lganini ta’kidladi.

«Biz borimizni berdik. Yagona istagimiz xalqimizni baxtli qilish edi. Uch oydan buyon hech qanday mukofot yoki e’tirof kutmasdan kurashyapmiz. Bu jamoadagi har bir futbolchi or-nomusli, mustahkam xarakterli va vataniga sodiq inson», — dedi u.

Rizoyon Eron muxlislaridan kechirim ham so‘radi.

«Eron xalqi, biz sizlarni juda yaxshi ko‘ramiz. Bizni kechiring. Ayta oladigan yagona gapim shu — bizni kechiring. Barchamiz qattiq afsusdamiz. Biz yaxshi futbol ko‘rsatdik, ammo qayerda xato qilganimizni bilmayman. Sizlar dunyodagi eng yaxshi narsalarga munosibsizlar», — deya qo‘shimcha qildi futbolchi.

Ma’lumot uchun, Eron 3 ochko bilan guruhda uchinchi o‘rinni egalladi. Endi jamoa eng yaxshi uchinchi o‘rin sohiblari qatorida 1/16 finalga chiqish uchun boshqa guruhlardagi natijalarni kuzatadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?