O‘zbekiston terma jamoasi FIFAdan qancha pul oladi?

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatining pley-off bosqichiga chiqa olmagan bo‘lsa-da, turnirda qatnashgani uchun FIFAdan taxminan 12,5 million dollar mablag‘ olishi kutilmoqda.
Ushbu pulning 10 million dollari musobaqa ishtirokchisi sifatida beriladigan mukofot hisoblanadi. Qolgan 2,5 million dollar esa jamoaning Jahon chempionatiga tayyorgarligi, safar va logistika xarajatlari hamda boshqa tashkiliy ishlarini qoplash uchun ajratiladi.
Mazkur mablag‘ keyinchalik milliy terma jamoa faoliyatini moliyalashtirish, futbol infratuzilmasini yaxshilash va navbatdagi xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish uchun ishlatilishi mumkin.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…