«Tramp mening otam» degan ayol endi uchrashuv so‘ramoqda

Turkiyada o‘zini AQSH prezidenti Donald Trampning biologik qizi deb da’vo qilib kelayotgan ayol yana jamoatchilik e’tiborini tortdi. Bu safar u Tramp bilan shaxsan uchrashish istagini bildirib, AQSH elchixonasi orqali rasmiy murojaat yo‘lladi.
Ma’lum qilinishicha, Turkiya fuqarosi Nejla O‘zmen AQSH prezidenti 7–8 iyul kunlari NATO sammiti munosabati bilan Turkiyaga tashrif buyurishi kutilgani sababli u bilan yuzma-yuz suhbatlashishni xohlayotganini bildirgan.
Ayolning aytishicha, uning asosiy maqsadi — o‘zini otasi deb hisoblaydigan inson bilan bir marta bo‘lsa-da uchrashishdir. Uning ta’kidlashicha, bu murojaat ortida hech qanday moliyaviy manfaat yo‘q.
Eslatib o‘tish joiz, Nejla O‘zmen 2021 yilda ham Donald Tramp uning biologik otasi ekanini da’vo qilib, otalikni aniqlash uchun sudga murojaat qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, onasi homilador bo‘lishidan avval chet elda amerikalik tadbirkor bilan tanishganini aytgan.
Shuningdek, ayol bir necha bor DNK ekspertizasi o‘tkazishni talab qilgan. Biroq hozirga qadar u o‘z da’volarini tasdiqlaydigan hech qanday rasmiy dalil taqdim etmagan.
Ayni vaqtgacha Donald Tramp yoki uning vakillari mazkur iddaolarga ommaviy munosabat bildirmagan. Turkiya sudlari ham bu da’voni tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi rasmiy qaror chiqarmagan.






























Izohlar 0
…