Apple, Microsoft va Google aksiyalarining uzoq yillik o‘sishi hisoblab chiqildi

Apple, Microsoft va Google aksiyalarining uzoq yillik o‘sishi hisoblab chiqildi

Texnologiya sohasidagi eng yirik kompaniyalar birja savdosiga chiqqan dastlabki kuni 1000 dollardan sarmoya kiritilganida, bugungi natija juda katta bo‘lardi.

Microsoft 1986 yilda IPO o‘tkazgan. Aksiyalar bo‘linishi inobatga olinganda, dastlabki narx 0,07 dollarga teng. Shu vaqtda kiritilgan 1000 dollar hozir 5,6 million dollarga aylangan bo‘lardi.

1999 yilda Nvidia aksiyalariga sarflangan 1000 dollar taxminan 5 million dollar, 1980 yilda Apple'ga kiritilgan mablag‘ 2,9 million dollar, 1997 yilgi Amazon IPOsi esa 3,3 million dollar daromad keltirgan bo‘lardi.

Tesla'ning 2010 yilgi IPOsida kiritilgan 1000 dollar bugun 358 ming dollar, Google'ning 2004 yilgi aksiyalari esa 175 ming dollar qiymatga yetgan bo‘lardi.

Bu hisoblar nazariy ssenariyga asoslangan. Chunki IPO paytida qaysi kompaniya kelajakda bozor yetakchisiga aylanishini aniq bilib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, ko‘plab kompaniyalarning aksiyalari bunday yuqori o‘sishni qayd etmaydi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar