Jakartada o‘zbek boksi dominatsiyasi: yarimfinalga eng ko‘p bokschimiz yetib bordi!

1 daqiqa o'qish204
Jakartada o‘zbek boksi dominatsiyasi: yarimfinalga eng ko‘p bokschimiz yetib bordi!
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida o'tkazilayotgan boks bo'yicha U19 va U23 yosh toifalaridagi Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi yarimfinalga eng ko'p bokschi olib chiqqan jamoa bo'ldi.
  • Chorakfinal bosqichi yakunlariga ko'ra, 16 davlat vakillari kamida bronza medalini naqd qilib bo'lishdi va vakillarimiz bu borada asosiy raqibi Qozog'istonni ortda qoldirdi.

Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida boks bo‘yicha U19 va U23 yosh toifalaridagi Osiyo chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi. Har ikki yosh toifasidagi qit’a birinchiligida bugun yarimfinal (1/2 final) janglari o‘tkazilmoqda. Chorakfinal bosqichi yakunlariga ko‘ra, 16 davlat vakillari kamida bronza medalini naqd qilib bo‘lishdi.

Zamin.uz vakillarimizning mutlaq ustunligi aks etgan eng so‘nggi ma’lumotlarni taqdim etadi.

Qozog‘iston ortda qoldirildi: O‘zbekiston yaqqol peshqadam!

Biz uchun ahamiyatlisi, O‘zbekiston terma jamoasi har ikki yosh toifasida ham yarimfinalga eng ko‘p bokschi bilan yetib kelgan jamoa bo‘ldi. Bu borada vakillarimiz o‘zlarining asosiy raqibi — Qozog‘iston terma jamoasini kichik farq bilan ortda qoldirib, qit’ada tengsiz ekanliklarini yana bir bor isbotlashdi.

U23 toifasi: Yarimfinalga chiqqan davlatlar

Ushbu yosh toifasida O‘zbekiston 18 nafar bokschi bilan ro‘yxatni boshqarmoqda. To‘liq ko‘rsatkichlar quyidagicha ko‘rinish olgan:

RЕYTING

DAVLATLAR

YARIMFINALCHILAR SONI

1

O‘zbekiston

18

2

Qozog‘iston

16

3

Hindiston

15

4

Qirg‘iz Respublikasi

7

5

Yaponiya

6

6

Koreya Respublikasi

5

7

Indoneziya

3

8

Xitoy Taypeyi

2

9

Butan, Qatar, Filippin, Tailand, Vyetnam, Mo‘g‘uliston

1 (har biri)

U19 toifasi: Yarimfinalga chiqqan davlatlar

Yoshlar o‘rtasidagi bahslarda ham hamyurtlarimiz 15 nafar vakil bilan birinchi o‘rinda bormoqda. Kuchli uchlikdan joy olgan Qozog‘iston va Hindiston terma jamoalari bir xil — 14 nafardan bokschini yarimfinalga olib chiqishgan.

RЕYTING

DAVLATLAR

YARIMFINALCHILAR SONI

1

O‘zbekiston

15

2

Qozog‘iston

14

3

Hindiston

14

4

Tojikiston

6

5

Yaponiya

6

6

Qirg‘iz Respublikasi

6

7

Koreya Respublikasi

5

8

Xitoy Taypeyi

5

9

Vyetnam

4

10

Indoneziya

4

11

Tailand

2

12

Mo‘g‘uliston, Qatar, Filippin

1 (har biri)

Ma’lumot o‘rnida: Yarimfinalga yo‘l olgan barcha bokschilarimiz kamida bronza medalini naqd qilib bo‘lishgan. Endi ular musobaqaning oltin medallari yo‘lida ringga ko‘tarilishadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?