Onasining jasorati Niko Uilyamsning muvaffaqiyatiga yo‘l ochdi

Onasining jasorati Niko Uilyamsning muvaffaqiyatiga yo‘l ochdi

Bugun Ispaniya terma jamoasi safida Jahon chempioni bo‘lgan Niko Uilyamsning muvaffaqiyati ortida ko‘pchilik bilmaydigan ta’sirli hayotiy voqea yotadi.

1993 yilda uning ota-onasi — Mariya va Feliks Uilyams yaxshiroq hayot izlab Ganadan Ispaniyaga yo‘l olgan. Ular 3 ming kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tishga majbur bo‘lgan, shundan qariyb ming kilometri esa dunyodagi eng og‘ir hududlardan biri — Sahroyi Kabir orqali kechgan. Eng hayratlanarlisi, Mariya o‘sha paytda homilador bo‘lib, oilasi bilan jazirama sahroni yalangoyoq kesib o‘tgan.

Oradan 33 yil o‘tib, o‘sha mashaqqatli safar natijasida dunyoga kelgan Niko Uilyams Ispaniya terma jamoasi bilan Jahon chempioni bo‘ldi. Final uchrashuvidan so‘ng u qo‘lga kiritgan oltin medalini onasiga topshirib, barchani ta’sirlantirgan so‘zlarni aytdi.

"Men tez yuguraman, ammo onam mendan ham tezroq. U o‘limdan qochib, homilador holatda Sahroyi Kabirni kesib o‘tgan. Bu medalga u mendan ko‘ra ko‘proq loyiq", — dedi Niko Uilyams.

Futbolchining ushbu so‘zlari ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, minglab muxlislarni befarq qoldirmadi. Ko‘pchilik bu voqeani onaning fidoyiligi va farzandi uchun qilgan cheksiz qurbonligining yorqin namunasi sifatida e’tirof etmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar