Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi oktyabr oyidagi FIFA kunlaridan maksimal tarzda foydalanib, 2 ta terma jamoa bilan Toshkentda oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazish borasida kelishuvga erishgani haqida avval xabar berib oʻtgandik.
6 sentyabr kuni Suriya, 11 sentyabr kuni esa Eron terma jamoasi bilan bellashgan Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz, 13 oktyabr kuni soat 20:00 da Toshkentdagi “Milliy” stadionida KXDR terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
16 oktyabrda oʻtkazilishi moʻljallangan Oʻzbekiston – Qatar milliy terma jamoalari oʻrtasidagi bahs ham soat 20:00 da “Milliy” stadionida oʻtkaziladi.
OʻFA Osiyo kubogi hamda 2022 yil Qatarda boʻlib oʻtadigan Jahon chempioantlari saralash uchrashuvlariga tayyorgarlik doirasida navbatdagi oʻrtoqlik uchrashuvlarini tashkil etish uchun muzokaralar olib borishda davom etadi.
Eslatib oʻtamiz, Osiyo Kubogi kelasi yilning yanvar oyida Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston “F” guruhida Yaponiya, Ummon va Turkmaniston terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
O‘zbekistonda 30 aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi