Huvaydo Jumayeva: "Serial va kinodan ko‘ra Bobur Mansurovning vaynlari obro‘liroq" (video)

Huvaydo Jumayeva: "Serial va kinodan ko‘ra Bobur Mansurovning vaynlari obro‘liroq" (video)

Komik aktrisa Huvaydo Jumayeva Jamshid Bobojonov boshlovchilik qilayotgan "Jamuljam" loyihasida bugungi kunda aktyor va aktrisalar uchun Bobur Mansurovning vaynlarida suratga tushish serial yoki kinolarda rol ijro etishdan ham obro‘liroq bo‘lib qolganini ta’kidladi.

Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, avvallari mashhur rejissyor Rustam Sadiyev filmlarida rol o‘ynashni orzu qilgan bo‘lsa, bugungi kunda ko‘plab san’atkorlarning maqsadi Bobur Mansurov bilan ishlashga aylangan.

"Hozirgi paytda serial va kinolardan ko‘ra Bobur Mansurovning vaynlarida chiqish ko‘proq obro‘ beryapti. Oldinlari "qaniydi Rustam Sadiyevning filmlarida o‘ynasam", deb orzu qilardik. Hozir esa aktyor va aktrisalarning 70 foizi "qaniydi meni Bobur Mansurov chaqirsa", deb yuribdi", — dedi Huvaydo Jumayeva.

Suhbat davomida boshlovchi Jamshid Bobojonov aktrisadan Bobur Mansurovdan ilk taklif qanday kelgani haqida ham so‘radi.

Bu savolga javoban Huvaydo Jumayeva qo‘ng‘iroq mutlaqo kutilmaganda bo‘lganini aytdi.

"Jizzaxdagi tadbirdan qaytayotganimizda telefon qildi. Ovozidan darrov tanidim. Juda samimiy va muomalasi zo‘r inson. "Opajon, sizni suratga olishga taklif qilmoqchi edik", deganida "Men shu qo‘ng‘iroqni necha oydan beri kutyapman-ku", dedim. Men his-tuyg‘ularimni yashirmayman. Darrov rozilik berdim va keyin qolgan masalalarni gaplashib oldik", — deya xotiralarini o‘rtoqlashdi.

Aktrisaning ushbu fikrlari ijtimoiy tarmoqlarda ham qizg‘in muhokama qilinmoqda. Ayrimlar uning Bobur Mansurov ijodiga bergan bahosini qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, boshqalar bu mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini bildirmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar