19:30 / 02.11.2018
3 054

No‘’mon Hasanov: «Nasaf»ga qarshi o‘yindagi natijadan qoniqdim

No‘’mon Hasanov: «Nasaf»ga qarshi o‘yindagi natijadan qoniqdim
Pepsi superliga 28-tur doirasidagi “Nasaf” - “Qo‘qon-1912” uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumani mehmonlar ustozi No‘’mon Hasanov va bugungi uchrashuvning eng yaxshi o‘yinichlaridan biri Javohir Sidiqovlar ishtirok etishdi.

No‘’mon Hasanov: - Bugun jangovor o‘yin bo‘ldi. Jangovar durang desak ham bo‘ladi. “Nasaf” nafaqat quyi oltilikning balki, mamlakatimizning eng kuchli jamoalaridan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Biz har doim g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Bugun maydonda ochiq futbol ko‘rsatadigan jamoalar harakat qilishdi.

Futbolchilarimga rahmat aytaman. Ikkinchi bo‘limda ko‘rsatmalarimni yaxshi bajarishdi. Birinchi bo‘limda esa himoyada bir-ikkita xato qildik. Kamchiliklar ustida ishlaymiz. Qo‘qondan bizni qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan muxlislarimizga ham minnatdorchilik bildiraman. Bugungi o‘yindagi natijadan qoniqdim desam ham bo‘ladi.

Javohir Sidiqov: - Nafaqat quyi oltilikdagi, balki chempionatimizdagi eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi maydonga tushayotganimizni yaxshi bilardik. Bugun murabbiylarimizning ko‘rsatmalarini qisman bajarishga muvaffaq bo‘ldik. To‘liq bajarishimiz uchun g‘alaba qozonishimiz kerak edi. “Nasaf” ham bugun yaxshi o‘ynadi. Durang yomon natija emas.

Keyingi o‘yinda o‘z maydonimizda to‘p suramiz. Muxlislarimiz oldida g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.

Manba: www.kokand1912.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » No‘’mon Hasanov: «Nasaf»ga qarshi o‘yindagi natijadan qoniqdim