
Bugun, 11 noyabr kuni dzyudo bo‘yicha Toshkent Gran-Prisi yakunlandi. Turnirda 47 mamlakatdan kelgan sportchilar bahs olib borishdi.
Bugungi bahslarda erkaklar o‘rtasida uchta, ayollar o‘rtasida esa ikkita vazn toifasida bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.
+100 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Bekmurod Oltiboyev musobaqa davomida Ukraina, Tojikiston va Rossiya vakillarini mag‘lubiyatga uchratib finalgacha yetib bordi. Hal qiluvchi bahsda u rossiyalik Soslan Bostanovga qarshi tatamiga chiqdi va imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Oltiboyev Toshkent Gran-Prisining kumush medali bilan kifoyalandi.
Terma jamoaning yana bir vakili Ixtiyor Xolmuratov esa bronza medali uchun qozog‘istonlik Yerassil Kajibayev bilan bellashdi. U ham medal uchun bahsda yutqazib qo‘ydi.
Shu tariqa, dzyudo bo‘yicha Toshkent Gran-Prisida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1ta oltin, 3ta kumush va 1ta bronza medal bilan beshinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
O‘zbekistonlik sovrindor sportchilar:
Oltin:
-73 kg: Hikmatullo To‘rayev
Kumush:
-60 kg: Diyorbek O‘rozboyev
-66 kg: Sardor Nurillayev
+100 kg: Bekmurod Oltiboyev
Bronza:
-66 kg: Shahram Ahadov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar