08:56 / 16.11.2018
3 036

Osiyo Chempionlar ligasining 2019 yilgi guruh bosqichiga 22 noyabr kuni qur’a tashlanadi

Osiyo Chempionlar ligasining 2019 yilgi guruh bosqichiga 22 noyabr kuni qur’a tashlanadi
PEPSI Superliga bahslari ham sekin-asta o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirib bormoqda.Kelasi turda mamlakat chempioni hamda vitse-chempioni nomi ma’lum bo‘lishi ham mumkin.

Qayd etish joizki, AGMK jamoasi allaqachon O‘zbekiston kubogi finalida g‘alaba qozonib, kubokni boshi uzra ko‘tarishga ulgurdi. Bu esa mazkur jamoaga kelasi mavsumda xalqaro maydonda mamlakatimiz sharafini himoya qilish imkoniyatini taqdim etadi.

OFK O‘zbekistonga2019-2020 yillar uchun 1+2 ko‘rinishida kvotalar taqdim etdi. Bu esa Superliga g‘olibining kelasi 2 yilda Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etishini, yana 2 ta klubimizning esa saralash bosqichidan boshlab ushbu nufuzli musobaqada qatnashishini anglatadi.

Kelasi haftaning 22 noyabr kuni Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida Osiyo Chempionlar ligasining 2019 yilgi mavsumi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Unda qit’amizning klublar miqiyosidagi eng nufuzli musobaqasi guruh bosqichida jamoalar kelasi yilgi mavsum uchun o‘z raqiblari nomini bilib olishadi.

Qayd etish joizki, hali O‘zbekistonning 2018 yilgi chempioni va vitse-chempioni nomi rasman ma’lum emas. Hozircha faqatgina AGMKning kubok sohibi sifatida 2019 yilgi qit’a Chempionlar ligasining o‘tish boqsichidan boshlab ishtirokini boshlashi ma’lum. Olmaliqliklar o‘tish bosqichida Tojikistonning “Istiqlol” klubi bilan to‘qnash keladi. Mazkur o‘yin 12 fevral kuni AGMK maydonida bo‘lib o‘tadi. Ushbu juftlik g‘olibi esa pley off bosqichiga yo‘l oladi va safarda Saudiya Arabistonining “Al Nasr” jamoasi qarshiligini yenggishi lozim bo‘ladi. AGMK jamoasi agar saralashdan muvaffaqiyatli o‘tsa, yakunda “A” guruhidan o‘rin oladi.

O‘zbekiston vitse-chempioni esa o‘tish bosqichida Iroqning “Eyr Fors” klubi bilan to‘qnash keladi. Mazkur o‘yin Superliga kumush medallarini qo‘lga kiritadigan jamoa maydonida bo‘lib o‘tadi. Ushbu juftlikda g‘alaba qozongan jamoa esa pley offda BAAning “Al Nasr” jamoasi mehmoni bo‘ladi. Mazkur o‘yinda raqibdan ustun keladigan jamoa guruh bosqichida “D” guruhidan o‘rin egallaydi.

O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritadigan jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri guruh bosqichidan ishtirokini boshlaydi. PEPSI Superliga g‘olibi OChL-2019da “B” guruhidan joy olishi ko‘zda tutilgan.

O‘tish bosqichi

12 fevral

O‘zbekiston vitse-chempioni – “Eyr Fors” (Iroq)
AGMK – “Istiqlol” (Tojikiston)

Pley off bosqichi

19 fevral

“An Nasr” (BAA) - O‘zbekiston vitse-chempioni / “Eyr Fors” (Iroq)
“An Nacsr” (Saudiya Arabistoni) – AGMK / “Istiqlol” (Tojikiston)

Ta’kidlash joiz, qur’a tashlash marosimi 22 noyabr kuni Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida joylashgan OFK qarorgohida bo‘lib o‘tadi.

Manba: www.pfl.uz

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Osiyo Chempionlar ligasining 2019 yilgi guruh bosqichiga 22 noyabr kuni qur’a tashlanadi