"Lokomotiv" Ikrom Aliboyevga yangi jamoasida omad tiladi

"Lokomotiv" Ikrom Aliboyevga yangi jamoasida omad tiladi
Yarim himoyachi Ikrom Aliboyev "Seul" klubiga o‘tdi.

Ikrom Aliboyev 2013 yilda "Lokomotiv"dagi debyut o‘yinini o‘tkazgandi. Shundan buyon u o‘tgan 6 mavsum davomida 97 o‘yinda jamoamiz sharafini himoya qildi va unda 11 gol kiritdi.

"Jakarta-2018" Osiyo o‘yinlarida o‘zining ajoyib o‘yinlari bilan O‘zbekiston termasining muvaffaqiyatlariga munosib hissa qo‘shgan Ikrom "Seul" klubi va koreyalik muxlislarning nazariga tushdi.

Yosh va g‘ayratli futbolchi 2019 yilning 1 yanvarida e’tiboran yangi jamoasi sharafini himoya qiladi.

- Shu fursatdan foydalanib, Ikrom Aliboyevning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz, - deyiladi klub rasmiy saytida.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar