O‘zbekistonda o‘rtacha umr davomiyligi 75,4 yoshga yetdi

O‘zbekistonda o‘rtacha umr davomiyligi 75,4 yoshga yetdi

2025 yilda O‘zbekistonda doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 75,4 yoshni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich 1991 yilga nisbatan 9 yilga oshgan. O‘sha yili mamlakatda o‘rtacha umr davomiyligi 66,4 yosh bo‘lgan.

Yillar kesimida ko‘rsatkich quyidagicha o‘zgargan:

• 1991 yilda — 66,4 yosh
• 1995 yilda — 69,1 yosh
• 2000 yilda — 70,8 yosh
• 2005 yilda — 71,8 yosh
• 2010 yilda — 73 yosh
• 2015 yilda — 73,6 yosh
• 2020 yilda — 73,4 yosh
• 2024 yilda — 75,1 yosh
• 2025 yilda — 75,4 yosh

Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, 1991 yildan 2015 yilgacha o‘rtacha umr davomiyligi izchil o‘sgan. 2020 yilda ko‘rsatkich 73,4 yoshga tushgan bo‘lsa, keyingi yillarda yana ko‘tarilib, 2025 yilda 75,4 yoshga yetgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar