To‘yda kutilmagan manzara: mehmonlar futbolga berilib ketdi

O‘zbekistondagi to‘ylardan birida futbol ishqibozlari uchun unutilmas lahzalar kuzatildi. O‘zbekiston milliy terma jamoasining Portugaliyaga qarshi uchrashuvi aynan to‘y marosimi vaqtiga to‘g‘ri kelgani bois kelin-kuyov va mehmonlar o‘yinni birgalikda tomosha qilishdi.
Videoda to‘y tantanalari davom etayotganiga qaramay, mehmonlarning katta qismi televizor qarshisida jam bo‘lib, har bir xavfli vaziyatni hayajon bilan kuzatayotgani aks etgan. Hatto kelin-kuyov ham uchrashuvning muhim lahzalaridan ko‘z uzmagan.
Mazkur video ijtimoiy tarmoqlarda qisqa fursatda keng tarqalib, minglab izoh va ulashishlarga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik buni o‘zbek futboli tarixidagi muhim voqealarga bo‘lgan yuksak qiziqish va milliy terma jamoaga bo‘lgan cheksiz mehrning yorqin ifodasi sifatida baholamoqda.






























Izohlar 0
…