22:50 / 29.12.2018
3 060

Sautgeyt Britaniya qirolligi ofitseri, Keyn esa kavaleri unvonini oldi

Sautgeyt Britaniya qirolligi ofitseri, Keyn esa kavaleri unvonini oldi
Angliya terma jamoasining bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Britaniya qirolligi Ordenining ofitseri bo‘ldi. Sautgeyt ushbu maqomga Angliya terma jamoasining JCh-2018 da egallagan 4-o‘rin tufayli loyiq ko‘rildi.

Terma jamoa sardori Xarri Keyn esa Britaniya qirolligi Ordenining kavaleri bo‘ldi. Yozda «Tottenxem» klubi hujumchisi JCh-2018 da 6 ta gol urib musobaqaning eng yaxshi to‘purari bo‘lib «Oltin butsa»ga loyi ko‘rildi.

Britaniya Ordeni qirolligining 5 ta darajasi mavjud. Kavaler – eng kichik lavozimi, ofitser esa undan bir pog‘ona yuqori turadi.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sautgeyt Britaniya qirolligi ofitseri, Keyn esa kavaleri unvonini oldi