AQSH, Venesuela va Yaponiyada kuchli zilzilalar kuzatildi

AQSH, Venesuela va Yaponiyada kuchli zilzilalar kuzatildi

So‘nggi bir necha soat ichida AQSH, Venesuela va Yaponiyada ketma-ket kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi. Eng og‘ir oqibatlar Venesuelada kuzatilgan. U yerda o‘nlab odamlar halok bo‘lgan, yuzlab kishilar jarohatlangan.

Birinchi yer silkinishi 24 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:10 da AQSHning Kaliforniya shtatida qayd etildi. Zilzila magnitudasi 5,6 ni tashkil qilgan. Hodisa oqibatida qurbonlar bo‘lmagan, biroq bir necha kishi jarohat olgan. Mendosino okrugida 7 427 nafar iste’molchi elektr energiyasisiz qolgan.

25 iyun kuni soat 03:04 va 03:05 da Venesuelada magnitudasi 7,2 hamda 7,5 bo‘lgan ikkita kuchli zilzila sodir bo‘lgan. Asosiy silkinishlardan keyin yana 20 ta aftershok kuzatilgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Venesuelada kamida 32 kishi halok bo‘lgan, 700 dan ortiq odam jarohatlangan. Ko‘plab binolar qulab tushgan. Aeroport va metro faoliyati ham to‘xtatilgan.

AQSH Geologiya xizmati qurbonlar soni yana ortishi mumkinligini bildirgan.

Shu kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:30 da Yaponiyaning Xonsyu oroli yaqinida ham kuchli yer silkinishi qayd etildi. Dastlab zilzila magnitudasi 6,9 deb baholangan, keyingi hisob-kitoblardan so‘ng bu ko‘rsatkich 7,2 ga o‘zgartirilgan.

Yaponiyada to‘rt kishi yengil jarohat olgan. Temiryo‘l qatnovlari vaqtincha to‘xtatilgan, ammo sunami xavfi e’lon qilinmagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar